Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Xorazm viloyati hokimligi rasmiy delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo'lib, turli forum va muzokaralarda ishtirok etmoqda.
Bugun, 27-noyabr kuni delegatsiya aʻzolari Xitoyning Guansi hududida boʻlib oʻtgan “Xitoy – Oʼzbekiston iqtisodiy va turizm biznes forumi”da ishtirok etdilar.
Mazkur forum Xorazm viloyatida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, ishbilarmon doira vakillari bilan sanoat, qurilish, turizm va ijtimoiy sohalarda hamkorlik qilish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.



