2020 yilning dastlabki kunlari TTJ talabalari uchun ko'tarinkilik ruxida boshlandi. 2-4 TTJ tarbiyachi-pedagoglari bilan 7 yanvar sanasida Urdu Madaniyat saroyida turkmanistonlik talabalarimizning taklif va istaklariga binoan xalkimizning suyukli farzandi Uzbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Og'abek Sobirov bilan "San’atim sizga armugon" deb nomlangan katta kontsert dasturi bo'lib o'tdi. Kontsert avvalida dasturga muvofik Og'abek Sobirovning xayoti va ijodiga bir nazar solindi. Dildan suhbat bo'ldi. Suhbat chog'ida keltirilgan mavzumizga oid qo'shiklar jarang sochdi. Bu noan’anaviy tus olgan jarayon tomoshabinlarda san’atkorga nisbatan yanada katta qiziqish uyg'otdi. Davraning faolligi oshdi. Talabalarimizning quvonchi cheksiz .Tadbirda dekan va dekan o'rinbosarlar va bir kator professor o'qituvchilarimizning qatnashganligi e’tiborga loyiqdir. Prezidentiiizning 5 ta muxim tashabbusida ilgari surilgan yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda biz tarbiyachi pedagoglar katta masuliyat bilan yondoshsak yoshlarimizni ma’naviy barkamol, komil inson bo'lishiga hissa qo'shgan bo'lamiz.