Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O'zbek tili-milliy g'ururimiz!


Bugun, 21-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti  Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan  21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy g‘ururimiz” nomli tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani Z.Jumaniyozov  ochib berib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida o‘zbek tilining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, uning boy tarixiy ildizlari va bugungi kunda davlat siyosatida tutgan yuksak mavqeiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Talabalar tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rxonlik, sahna ko‘rinishlari va raqs chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, viktorina savollari orqali talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

Ulashish