Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ochiq xalqaro talabalar matematika olimpiadasi (Sibir matematika olimpiadasi, SMO–2025)


       

      2025 yil 14-dekabr kuni Novosibirsk davlat universiteti tashabbusi bilan Ochiq xalqaro talabalar matematika olimpiadasi (Siberian Mathematical Contest, SMO - 2025) muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi (https://smc.nsu.ru). Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadaning asosiy maqsadi matematika yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni xalqaro darajadagi matematika olimpiadalari va turli xorijiy tanlovlarga puxta tayyorlash hamda ularning xalqaro ilmiy-musobaqaviy maydondagi ishtirokini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Mazkur olimpiadani o‘tkazishda hamkor universitet sifatida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti faol ishtirok etdi. Xususan, Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida talabalar uchun maxsus jihozlangan xona (platforma) tashkil etilib, unda olimpiada jarayoni belgilangan talablarga muvofiq ravishda amalga oshirildi. Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida universitetning Matematik tahlil kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashkiliy va metodik jihatdan faol qatnashdilar.

       Olimpiadada ishtirok etish uchun jami 50 nafar talaba Urganch davlat universiteti platformasida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Jumladan, Urganch davlat universitetidan 43 nafar talaba, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan 5 nafar talaba hamda Ma’mun universitetidan 2 nafar talaba ushbu nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Olimpiada belgilangan grafik asosida olib borilib, ishtirokchilarga 5 ta murakkab matematik masaladan iborat topshiriqlar taqdim etildi. Talabalarga ushbu masalalarni yechish uchun 4 soat vaqt ajratildi. Olimpiada yakunida har bir ishtirokchining natijalari shaffoflik va adolatlilikni ta’minlash maqsadida maxsus onlayn platforma  https://nsuhw.ru saytiga yuklandi. Natijalar maxsus tayinlangan ekspetrlar tomonidan tekshirilari va e’lon qilinadi.

       Mazkur xalqaro olimpiada Urganch davlat universiteti talabalari uchun nafaqat o‘z bilimlarini xalqaro miqyosda sinab ko‘rish, balki kelgusida nufuzli xalqaro matematik musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish yo‘lida muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.

      

Ulashish