Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tanishtiruv haftaligi


5-sentabr kuni Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida tanishtiruv haftaligi doirasidagi uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari birinchi kurs talabalariga ta’lim jarayoni, fakultetdagi o‘quv-madaniy hayot, shuningdek, universitet ichki tartib-qoidalari tushuntirildi.

 

Uchrashuvda fakultet talabalari tomonidan so‘nggi yillarda erishilgan yuksak yutuqlar, xususan, Yevropa va Osiyo chempionatlaridagi g‘alabalar, hamda yo‘nalishlar kesimida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va tajribalari haqida ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Shuningdek, muloqotda universitet odob-axloq qoidalari, kredit-modul tizimi hamda o’quv va dars jarayonlari, shuningdek, fakultetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ulashish