Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ilmiy nazariy seminar


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasida 2025-yil 16-dekabr kuni TATU binosining 321-xonasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.

 Ilmiy-nazariy seminarda “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Seminarda kafedra o‘qituvchisi Adambayeva Feruzaning “Biotexnologiyaga oid eponimlarning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusiga doir ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruza davomida biotexnologiya sohasida qo‘llaniladigan eponim terminlarning shakllanish manbalari, ularning nominativ xususiyatlari hamda ilmiy diskursdagi o‘rni atroflicha yoritib berildi.

Shundan so‘ng kafedra professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savol-javoblar olib borildi.

 Seminar yakunida kafedra ilmiy-nazariy seminarlarining muntazam tashkil etilishi yosh mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Ulashish