Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar bilan profilaktik uchrashuv


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligini va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida talaba-yoshlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda universitet profilaktika inspektori M.Bobojanov ishtirok etib, talaba-yoshlarga giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning huquqiy javobgarligi hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning savollariga javoblar berilib, ularni zararli illatlardan asrash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida muhim tushuntirishlar olib borildi.

Ulashish