Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Texnika fakulteti olimlari Malayziyada


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti olimlari Malayziyada bo‘lib, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashish bo‘yicha ish olib bormoqda. Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi mudiri, dotsent S. Avezov geodeziya va kartografiya yo‘nalishida, Elektronika va energetika kafedrasi mudiri I. Davletov va katta o‘qituvchi X. Abukarimov elektronika va energetika sohalarida, Arxitektura kafedrasi mudiri R. Palvanov arxitektura va muhandislik yo‘nalishida ilmiy hamkorlik va qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda. Uchrashuvlar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, o‘quv dasturlari, qisqa muddatli maktablar va talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, shuningdek, uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari kelishib olindi. Mazkur tashrif Texnika fakulteti olimlari uchun tajriba almashish va fakultetning xalqaro nufuzini oshirishda muhim ahamiyatga ega. shu jumlani chiroyli qilib ber.

Ulashish