Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi


Joriy yilning 17-dekabr kuni Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida kafedra mustaqil izlanuvchisi X.Qodirova "Tilshunoslikda etnotoponimlar tadqiqi" mavzusida, magistrant Sh.Qodirova "Oshiqnoma" turkum dostonlarida o'z qatlamga oid ayrim so'zlar tahlili", mustaqil izlanuvchi G.Sobirova "Jumanazar Yusupov she'riyatida maqolaga ishora qiluvchi intertekstlar" mavzularida ma'ruza qildilar. 

Seminarda kafedra professor-o'qituvchi hamda ilmiy tadqiqotchilari faol qatnashdi va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish