Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Accelerating English Language Learning in Central Asia” xalqaro loyihasi doirasidagi konferensiya yakunlandi


Joriy yilning 12-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan  “Accelerating English Language Learning in Central Asia” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan ikki kunlik xalqaro konferensiya o’z ishini yakunladi.

Kun davomida ishtirokchilar tomonidan ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy va samarali usullari, universitet va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talaba klublari orqali til o‘rganishni rivojlantirish, inklyuziv ta’lim hamda xulosaga asoslangan baholash tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilinib, turli treninglar tashkil etildi. Shuningdek, yuqori samarali pedagogik amaliyotlar bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar va tajriba almashuvlar o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Mazkur xalqaro loyiha Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.


 


 


 



 

Ulashish