Urganch davlat universitetida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida Navro‘z sayli yuksak saviya, ko‘tarinki kayfiyat va milliy an’analar uyg‘unligida tashkil etildi.
Tadbirda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, yurtimiz ziyolilari, san’at vakillari, OAV xodimlari hamda oliygoh professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Bayram doirasida universitet rektori Feruza Madraximova boshchiligida mehmonlar fakultetlar pavilyonlari bilan tanishdi. Har bir pavilyonda yurtimiz hududlariga xos milliy urf-odatlar, an’analar, badiiy chiqishlar va milliy taomlar jonli tarzda namoyish etilib, tadbirga o‘ziga xos rang-baranglik bag‘ishladi.
Bayramga taniqli san’atkorlar — aktyor va rejissyor Bahodir Mirmaqsudov, mahoratli aktrisa Tamara Xazratqulova hamda O‘zbekiston xalq artistlari aka-uka Eshchanovlar ham tashrif buyurib, ishtirokchilarni samimiy muborakbod etdilar.
Navro‘z sayli milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar ijodini namoyon etish va yurtimizning boy madaniy merosini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.





.jpg)

.jpg)



.jpg)

.jpg)

.jpg)

