Close


Fizika-matematika fakulteti talabalari xalqaro olimpiadada 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi


Joriy yilning 23–28-mart kunlari Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahrida matematika fani bo‘yicha VI Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS–2026) bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada turli davlatlarning oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro bilim va iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Quvonarlisi, ushbu olimpiadada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabalari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar. Jamoa Fizika-matematika fakulteti dekani J. Xujamov hamda Matematik tahlil kafedrasi dotsenti J. Abdullayev rahbarligida ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, universitetimiz talabalari jami 7 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, individual yo‘nalishda 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medal sohibiga aylanishdi. Shuningdek, jamoaviy bahslar natijasida universitetimizning 1-jamoasi kumush, 2-jamoasi esa bronza medal bilan taqdirlandi.

Individual bellashuv natijalari:
 Rasul Qo‘shnazarov — oltin medal
 Sherzodbek Saidov — oltin medal
 Anvarbek Masharipov — kumush medal
 Muslima Davronbekova — kumush medal
 Hojiakbar Sobirov — kumush medal
 Nodira Nurmatbayeva — bronza medal
 Mushtariy Rahimova — bronza medal

Jamoaviy bellashuv natijalari:

1-jamoa (kumush medal):
Anvarbek Masharipov
Muslima Davronbekova
Sherzodbek Saidov
Hojiakbar Sobirov

2-jamoa (bronza medal):
Rasul Qo‘shnazarov
Nodira Nurmatbayeva
Mushtariy Rahimova
Anaxon Atamuratova

G‘olib talabalarimizni hamda ularning ustoz-murabbiylarini ushbu yuksak natija va xalqaro e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ulashish