Bugun 30-aprel kuni Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shixova ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz bo‘lish zarurligi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, universitet muhitida bunday salbiy illatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, o‘quv jarayonida akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish masalalari keng yoritildi.
Tadbir davomida talabalarga universitetning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.



