Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi armiyaga chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassislik bo'yicha tayyorlash markazi o'quvchilari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida o`quvchilar muzey bilan tanishdilar. Shuningdek, Sohibqiron Amir Temurning 690 yilligi munosabati bilan "Sohibqiron Amir Temur — buyuk sarkarda va davlat arbobi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.O'quvchilarga Amir Temur diplomatiyasi, harbiy mahorati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.