Close


Har bir talaba e'tiborda

Bugun, 31-yanvar kuni Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B. Rahimova hamda fakultet tyutori G. Kazakova  "Mehribonlik uyi''  tarbiyalanuvchisi bo‘lgan  202-guruh talabasi  M.Toirovadan xabar olish maqsadida uning xonadonida boʻldilar. Hozirda M.Toirovaning onlayn dars jarayonlaridagi ishtiroki bilan qiziqdilar. Talabamizning bobosi Odil aka Samandarov bilan nevarasining o‘qishlari,  qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari to‘g‘risida suhbatda boʻlib, hamisha M.Toirovani qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar. M.Toirova Prezidentimiz qaroriga ko‘ra  "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilari uchun ajratilgan uy-joylardan biriga ega bo'lgan.

Ulashish: