Yotoqxonadagi talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 25-yanvar sanasida Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining talalabalar turar joyida UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, fakultet dekani J.Roʻzimov va qator masʼullarning talabalar bilan muloqoti boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda talabalar bilan suhbatlashib, muammolari o'rganildi. Ularni darsdan bo'sh vaqtlarida nimalar bilan band ekanliklarini soʻrashdi, muammo va kamchiliklari yuzasidan fikr almashishdi. Muammolari tinglanib, yechimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



