Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



The 5th Open International Internet Olympiad on Physics

The 5th Open International Internet Olympiad on Physics

2025 yil 4-dekabr kuni Seyitnazar Seydi nomidagi Turkman davlat pedagogika institutida Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan fizika fanidan V ochiq xalqaro internet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli ilmiy-ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish hamda fizika fani bo‘yicha dolzarb ilmiy masalalarni tahlil qilishga xizmat qildi.

Olimpiada turkman, ingliz va rus tillarida o‘tkazilib, unda Turkmaniston, AQSH, Belarus, Ozarbayjon, Xitoy, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Pokiston, Rossiya va Tojikiston kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan 220 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi katta o‘qituvchilari K. Ruzimov va A. Raxmanov rahbarligida “Fizik innovator” to’garagi a’zolaridan 5 nafar talabadan iborat jamoa faol ishtirok etdi. Jamoaning qatnashuvi talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, xalqaro ilmiy muhitda tajriba almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Olimpiada yakunlariga ko‘ra, Urganch davlat universiteti talabalari munosib natijalarni qayd etdi. Jumladan, Rustamova Adiba va Sharipov Qobilbek fizika fanidan III darajali diplom bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Maqsadov Diyorbek, Hasanov Jamshid hamda Jiyanmuratov Shixnazar olimpiadadagi faol ishtiroki va yuqori bilim ko‘rsatkichlari uchun maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: