Xorazm viloyat Urganch shahar kengashi deputatlari Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrifi
Xorazm viloyat Urganch shahar kengashi deputatlari Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida muzey direktori professor Y.Rahmonova tomonidan muzey eksponatlari, noyob tarixiy hujjatlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, qatag'on qurboni bo'lgan turli soha vakillari haqida batafsil ma'lumot berildi. Jumladan, taqdim etilgan manbalar asosida qatag'onga uchragan sud-huquq organlari, maorif va madaniyat xodimlarining og'ir hayot yo'li bilan yaqindan tanishdilar.