Rektor va sardorlar uchrashuvi
2021-yilning 29-aprel kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov hamrohligida universitetning guruh yetakchilari bilan kunning birinchi va ikkinchi yarmida uchrashuvlarni o`tkazdi.
Uchrashuvlarda rektor B.Abdullayev o'z so`zida universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, xalqaro aloqalari, rivojlanish istiqbollari, talabalar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya masalalari, istiqboldagi reja va vazifalar haqida so'zladi.
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, ayniqsa mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasidagi keng ko'lamli ishlar haqida gapirib o'tdi.
Shuningdek, bu borada talabalarning ham fikr va mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglandi, talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.