Tailand Xalqaro Hamkorlik Agentligi (TICA) 2026-yilda quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha magistratura va qisqa muddatli o‘quv kurslarini e’lon qiladi:
1. Tailand Xalqaro Aspirantura Dasturi (TIPP)
Magistratura darajasi uchun stipendiyalar
TIPP – bu TICA va Tailandning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan magistratura darajasidagi xalqaro ta’lim dasturidir.
Maqsad: Xalqaro talabalarga yuqori sifatli ta'lim berish va o'z mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo'shish imkoniyatini yaratish.
2. Yillik Xalqaro O‘quv Kurslari (AITC)
Qisqa muddatli kurslar
Kurslarning asosiy maqsadi − Tailandning bilim, tajriba va amaliyotlarini keng xalqaro auditoriyaga yetkazishdir.
2026-yil yo'nalishlari:
- Sog‘liqni saqlash va farovonlik
- Holistik farovonlik va sog‘lom rivojlanish
- Ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy mavzular
Eslatma: “Holistic Wellness and Health Promotion in Early Childhood” kursi 2026-yil 20 aprel – 14 may kunlari o‘tkaziladi.