Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



2025-yil 12-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.


 Seminarda kafedra professor- oʻqituvchilari, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdi.

Seminarda kafedra katta o’qituvchisi, PhD Matkarimov Safarboyning “Tarjima tashvishlari” mavzusidagi hamda 2-kurs magistrant Ibadullayeva Mehri Bahodirovnaning “Badiiy obrazlar hissiyotlarini ifodalashda stilistik  vositalar (fransuz va o'zbek nasri misolida)” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Har ikkila maʼruza mavzusida tarjimashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik va chog'ishtirma tilshunoslikning dolzarb muammolarini tahlil qilinishi ta’kidlandi. Maʼruzachilarga ilmiy izlanishlarini yanada kengaytirish va maqola shaklida e’lon qilish tavsiya etildi.

Ulashish