Joriy yilning 11- noyabr sanasi kuni Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti "Boshlang'ich ta’lim metodikasi " kafedrasining navbatdagi ilmiy- nazariy va ilmiy- uslubiy seminari, bo‘lib o‘tdi. Ilmiy- nazariy seminarda kafedra o‘qituvchisi Muhabbat Ruzmetova “Texnologiya fanidan qishloq xo'jalik ishlarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish” mavzusida ma'ruza qildi. Seminarda kafedraning professor-o'qituvchilar faol qatnashdilar va mavzu bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.
Ilmiy- uslubiy seminarda kafedra katta o‘qituvchisi Zulfiya Ro‘zmetova “Pedagogik kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlar” mavzusida ma’ruza qildi. Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikrlarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi