Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Atajonova Malohat Ilhamovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilgan “Muloqotdagi o'zbek va ingliz tillarida mayl va ohang kombinatsiyasi (o'zbek va ingliz tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi oʻtkazildi.