Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Qurilish” kafedrasi ilmiy-amaliy ishlar bo’yicha yangiliklar. Bugungi kunda “Qurilish” kafedrasida 30 dan ortiq proessor-o’qituvchilar viloyatimiz va respublika miqyosida bir qancha yirik loyihalarda qatnashib, xalq xo’jaligi uchun samarali ishlarni yechim sifatida berib kelmoqda, kafedramiz professor-o’qituvchilari tomonidan bir qancha ilmiy va amaliy tadqiqodlar ham olib borilmoqda


“Qurilish” kafedrasi ilmiy-amaliy ishlar bo’yicha yangiliklar.

Bugungi kunda “Qurilish” kafedrasida 30 dan ortiq proessor-o’qituvchilar viloyatimiz va respublika miqyosida bir qancha yirik loyihalarda qatnashib, xalq xo’jaligi uchun samarali ishlarni yechim sifatida berib kelmoqda, kafedramiz professor-o’qituvchilari tomonidan bir qancha ilmiy va amaliy tadqiqodlar ham olib borilmoqda, xususan kafedramiz katta o’qituvchisi R. Savutov - “Xorazm viloyati hududida zilzilalarning seysmik xavfini baholash” mavzusida olib borayotgan nomzodlik dissertatsiya himoya ishi uchun viloyatimizning 60 ga yaqin mahallalarida bo’lib, belgilangan hududlardagi seysmik xavfni aniqlash va uni bartaraf qilish chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish jarayonida. kafedramizning yana bir o’qituvchisi Sh. Navruzov “Qurilish qorishmalari ishlab chiqarish uchun mahalliy xomashyolar asosida eksportbop mikroqo’shimchalar ishlab chiqarish” mavzusida olib borayotgan dissertatsiya ishi uchun viloyatimiz hududi bo’ylab xomashyo bazasini tahlil qilish uchun kichik ilmiy ekspeditsya amalga oshirib, amalga oshirilajak nomzodlik dissertatsiya ishi uchun qimmatli ma’lumotlarni qo’lga kiritdi va ilmiy ekspeditsya natijalarini O.A.K. bazasidagi ilmiy nashrlarda maqola sifatida chop qildirdi.

Kafedramiz o’qituvchisi S. Nurmuhammedov, Sh. Masharipov va  “Qurilish materiallari texnologiyasi” yo’nalishi magistrantlari bilan birgalikda mahalliy xomashyolar asosida zamonaviy yengil va issiqlik izolatsiyon devorbop va fasadbop termotravertin mahsuloti ishlab chiqarishni kafedrada mavjud zamonaviy texnologiyalar asosida yo’lga qo’yishdi. Endilikda ushbu mahsulotni mahalliy qurilish va ta’mirlash ishlarida foydalanish va sotish va bir nechta xo’jalik shartnomalari tuzish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda. Quvonarli jihati shundaki ushbu amaliy ish bilan kafedramizda tahsil olayotgan magistrant talabalarimiz respublika miqyosidagi turli hil tanlovlarda qatnashib faxrli o’rinlarni egallashmoqda.

Ulashish