Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Doktorant Adambayev Alisher va magistrantlar ishtirokida Toshsaqa kanali bo‘yi hududida geodezik o‘lchash ishlari


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori, geografiya fanlari doktori (DSc) Mirmaxmudov Erkin Rahimjanovich hamda kafedra o‘qituvchilari Xamrayev Ergash va Adambayev Alisher rahbarligida doktorantlar va magistrantlar ishtirokida Toshsaqa kanali bo‘yi hududida geodezik o‘lchash ishlari amalga oshirildi.

Dala tadqiqotlari davomida kanal qirg‘og‘i bo‘ylab geometrik nivelirlash ishlari olib borildi, shuningdek, kanal tubining relyef xususiyatlari aniqlanib, zarur geodezik o‘lchov natijalari to‘plandi.

Mazkur dala mashg‘ulotlari doktorantlar va magistrantlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy geodezik o‘lchash usullarini chuqur o‘zlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Ulashish