Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ogahiy tavalludining 216 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi


Bugun Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 216 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumandan so‘ng, adabiy-ma’naviy ruhdagi muhim tadbir — insholar, video-audio she’rlar hamda “Eng yaxshi rasmlar” yo‘nalishidagi ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovlar yoshlar orasida Ogahiy ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda buyuk shoir merosini zamonaviy shakllarda targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. 

Taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning ijodiy ishlari yuqori baholandi. 

Ulashish