Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Fakultet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi


Joriy yilning 26-dekabr kuni UrDU Filologiya va san'at fakulteti Kengashining 2025-yildagi so'nggi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Kengash yig'ilishida kun tartibiga qo'yilgan masalalar bo'yicha respublikamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi hamda fanlar bo'yicha mustaqil ta'lim mashg'ulotlarining tashkil etilishi ahvoli va galdagi vazifalar bo'yicha ma'lumot berildi. 

Shuningdek, Filologiya va san'at fakultetida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas'ul shaxslar tomonidan hisobot berildi va yil sarhisobi bo'yicha fakultet faoliyatida erishilgan yutuqlar qayd qilindi.

Kengash yakunida fakultet dekani, professor D.G'ayipov barchani Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, kirib kelayotgan 2026-yil muvaffaqiyatlarga boy bo'lishini tiladi.

Ulashish