2026-yil 17-aprel kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM/T.09.03 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Abdikarimov Nabijon Ibadullayevichning 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi ixtisosligi bo‘yicha “Devori deformatsiyalanuvchi quvur va kanallarda elastik qovushoq suyuqlikning pulsli oqimini tadqiq qilish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Dissertatsiya ishiga professor Navruzov Kuralboy ilmiy rahbarlik qilgan.
Himoya yakunlariga ko‘ra, Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi bir ovozdan, 100 foiz ijobiy baholandi va talabgorning ilmiy izlanishlari munosib e’tirof etildi.
Ushbu quvonchli muvaffaqiyat bilan Algebra va matematik injiniring kafedrasi jamoasi Abdikarimov Nabijon Ibadullayevichni samimiy muborakbod etadi hamda unga kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

