Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.06.04 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Texnika fakulteti Elektrotexnika va energetika kafedrasi o'qituvchisi Xolmuratov Xolilla Sariyevich 08.00.12 — Mintaqaviy iqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari infratuzilmasini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi. Urganch davlat universiteti jamoasi nomidan Xolilla Sariyevichni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!