Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12. FM.06.03 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti "Elektrotexnika va energetika" kafedrasi o'qituvchisi Japaqov Azamat Ikrombayevich “Lazer nurlanishi ta’sirida hosil bo‘lgan ikki elementli plazma ko‘p zaryadli ionlarini tadqiq qilish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi! Universitet jamoasi nomidan Azamat Japaqovni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻliq, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz.