Close
Skip to main content


Innovatsion g‘oyalar amaliyot sari: rektor yoshlar bilan uchrashdi


Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitetning bir guruh faol va tashabbuskor talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda talabalarning ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitet hayotiga oid taklif va muammolari tinglandi.

Muloqot davomida talaba-yoshlar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap loyihalari taqdim etildi. Rektor innovatsion g‘oyalar bilan yaqindan tanishib, ularning dolzarbligi va amaliy ahamiyatini yuqori baholadi. Shuningdek, mazkur loyihalarni universitet hamda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.