Close
Skip to main content


Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi UrDUga tashrif buyurdi


Bugun Urganch davlat universitetiga Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Xalqaro ta’lim instituti partiya qo‘mitasi kotibi Li Yanmin hamda Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Gao Chjivu boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitet rahbariyati tomonidan samimiy kutib olindi.

Tashrif doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazildi. Unda Xiva shahrida yangi tashkil etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xususan, unda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bilan bog‘liq muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralarda turizm, sun’iy intellekt, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha Urganch davlat universitetining professor-o‘qituvchilarini ta’lim jarayoniga jalb etish, o‘quv dasturlari hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish, o‘quv adabiyotlari masalalari yuzasidan fikr almashildi.