Talabalarning malakaviy amaliyoti
Urganch davlat universitetining Amaliy san’at (badiiy kulolchilik ) yo‘nalishida tahsil olayotgan 191- guruh talabalari Yangiariq kulolchilik markazida amaliyot o‘tashmoqda.
“Amaliy san’at” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni yetarli bilim va ko‘nikmalarga, tanlagan kasblari va amaliy san’atning kulolchilik turi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishida kulolchilik buyumlarini ishlab chiqarish ishlari bilan tanishish muhim ahamiyatga ega.
Bu kulolchilik korxonasi zamonaviy kulolchilik charxi va aylanma stollar, shuningdek idishlarni quritish va pishirish pechlari bilan jihozlangan.
Talabalarni amaliyotlarini yuqori saviyada o‘tishini tashkil etishda Yangiariq kulolchilik markazi rahbari O.Raximov rahbarligida markazning malakali mutaxassislari o‘z yordamini ayashmayaptilar.