Close


Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" o'tkazildi

Joriy yilning 17-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari S.Matnazarova va I. Toirovlar talabalar turar joyiga tashrif buyurib, belgilangan tadbirlar rejasi doirasida davra suhbati tashkil qildilar. 

Uchrashuv buyuk mutafakkir, tarixnavis va zabardast tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 216 yilligi munosabati bilan "Ogahiy buyuk siymo" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda Ogahiy hayoti va serqirra ijodi yuzasidan ma'lumotlar berildi. 

Ulashish: