“Tejamkor energiya loyihalari” mavzusidagi musobaqa
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida Elektrotexnika va energetika kafedrasi tashabbusi bilan “22-dekabr — “Energetiklar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Tejamkor energiya loyihalari” mavzusidagi musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Tanlovda 8 ta jamoa o‘zaro bellashib, zamonaviy, innovatsion va energiya tejamkor qurilmalar hamda loyihalarini taqdim etdilar. Ishtirokchilarning ishlanmalari hakamlar hay’ati tomonidan nazariy va amaliy jihatdan atroflicha baholab borildi. Tanlov yakunida eng yaxshi loyihalar mualliflari g‘olib deb topilib, universitet tomonidan moddiy rag‘batlantirildi.
1️⃣221-Elektr energetikasi guruhi talabalaridan iborat “Tesla” jamoasi "Zamonaviy vertikal gidroponika" ishlanmasi uchun;
2️⃣251-Energetika muhandisligi guruhi talabalaridan iborat “Intellekt” jamoasi "Shamol shari" ishlanmasi uchun;
3️⃣ 231-Elektr energetikasi guruhi talabalaridan iborat “Elektr ta'minotchilari” jamoasi "Turniket asosida avtanom yoritish tizimlarini ishlab chiqish" ishlanmasi uchun. Inglizchaga tarjima