Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Shoir va yozuvchi Erkin Samandar tavalludining 90 yilligiga bag'ishlab badiiy-ma'rifiy kecha tashkil etildi


O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, shoir va yozuvchi, "Do'stlik" ordeni sohibi Erkin Samandar tavalludining 90 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida badiiy-ma'rifiy kecha bo'lib o'tdi. 

Ijodiy kechada O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, adabiyotshunos va tilshunos olimlar qatorida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n. B.Rahimova, kafedra dotsenti, PhD V.Ataxanova, O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD Sh.Alimovalar ham ishtirok etdi. 

Unda shoir va yozuvchining umr yo'li, mehnat faoliyati, soha rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, insoniy fazilatlari haqida ma'ruzalar o'rin oldi.

Ulashish