Close
Skip to main content


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida joriy yilning 17-aprel sanasida 436-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda Roman-german filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Sa’dullayeva Sapura Batirbek qizining “Nemis tilini chet tili sifatida o‘qitishda multimedia vositalarining o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada nemis tilini o‘qitish jarayonida multimedia vositalarining — audio, video, interaktiv dasturlar, taqdimotlar va onlayn platformalarning — ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, ushbu vositalar orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish, darsni qiziqarli va samarali tashkil etish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi.

Seminar yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg‘in va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Ulashish