Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Feruza Madrahimova hamda Qabul komissiyasining mas’ul kotibi O‘tkir Matyoqubov ommaviy axborot vositalari vakillariga oliygohning bugungi salohiyati, erishilgan yutuqlari hamda yangi o‘quv yili uchun rejalashtirilgan qabul jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.Matbuot anjumanida 40 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, televideniye xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida media vakillari uchun universitet bo‘ylab tanishtiruv dasturi tashkil etildi. Mehmonlar oliygohning zamonaviy o‘quv va ilmiy infratuzilmasi, talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.Shuningdek, universitet olimlari, doktorantlari va magistrantlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar, innovatsion loyihalar hamda rassomchilik va kulolchilik yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbir davomida “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar universitet rektori Feruza Madrahimova tomonidan Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur matbuot anjumani qabul jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilikni ishonchli hamda tezkor axborot bilan ta’minlashga xizmat qildi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)


.jpg)

.jpg)
