Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev Urganch davlat universitetida bo’lib, tashrifi davomida universitetda “Xavfsiz hudud – xavfsiz muhit” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda universitet rektori Feruza Madrahimova hamda universitet profilaktika inspektorlari tomonidan OTMda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Universitet hududida faoliyat yuritayotgan videokuzatuv tizimlari, Face ID kameralari, turniketlar, kirish-nazorat postlari, TTJ va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar, shuningdek, "Qalqon" jamoatchilik guruhi, tyutorlar, profilaktika inspektorlari, psixologlar va tarbiyachi-pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati samarali yo’lga qo’yilgan.





.jpg)

.jpg)