Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



“Wooden Bridge” — yosh muhandislarning ijodiy va konstruktiv bellashuvi


Joriy yilning 18-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida Qurilish kafedrasi tashabbusi bilan “Wooden bridge” — yog‘och tayoqchalar asosida ko‘prik maketlarini yasash bo‘yicha qiziqarli va bellashuvlarga boy tanlov bo'lib o'tdi. 

Mazkur tanlovda 8 ta jamoa ishtirok etib, har bir jamoa 5 nafar talabadan iborat tarkibda o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuv yoshlarning muhandislik fikrlashi, ijodiy yondashuvi hamda nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

19-dekabr kuni Texnika fakulteti Qurilish kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Wooden bridge” — yog‘och tayoqchalar asosida ko‘prik maketlarini yaratish bo‘yicha tanlovning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan barcha ishlar texnik yechimlar, ijodkorlik va amaliy yondashuv mezonlari asosida baholanib, eng munosib jamoalar g‘olib deb topildi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

1-o‘rin: 221-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo‘nalishi talabalari;
2-o‘rin: 221-Bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi talabalari;
3-o‘rin: 231-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo‘nalish talabalari.

Mazkur tanlov talabalar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Share