Close


Xalqaro konferensiya


Bugun Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Turkiyadagi qator OTMlar va tashkilotlar hamkorligida “O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yangi bosqichlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiyani universitet rektori Feruza Madraximova ochib berib, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va strategik hamkorlik aloqalarining ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, Turkiya OTMlari va ilmiy markazlari vakillaridan Haji Bayram Veli universiteti prorektori Metin Orbay, Turk dunyosi dastur va tadqiqot markazi direktori Cemile Kınacı Baran, TIKA vakili Esin Acar Ergin, Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha amaliy tadqiqotlar markazi direktori Nasrullah Uzman, O‘zbekiston Yunus Emre Turk madaniyati markazi koordinatori Ahmet Özkanlar bugungi konferensiyaning ilmiy va madaniy ahamiyati hamda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining istiqbollari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ayni paytda konferensiya o'z faoliyatini sho‘balar yig'ilishida davom ettirmoqda.

Share