Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda universitet bitiruvchi talabalari uchun Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati prokurori o‘rinbosari Xudaybergan Norqobilov hamda universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, yarmarkada qatnashayotgan korxona va tashkilotlar vakillari bilan suhbatlashdi. Muloqotlar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yarmarka davomida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita uchrashib, mavjud vakansiyalar, mehnat sharoitlari, ishga qabul qilish tartibi hamda kelgusidagi kasbiy faoliyat istiqbollari yuzasidan batafsil ma’lumot olib, shu yerning o'zida ishga kirish bo'yicha shartnomalar imzolashga muvofiq bo'lishdi.

Mazkur mehnat yarmarkasida viloyatdagi 350 ga yaqin idora, tashkilot va muassasalarning 1820 ta bo‘sh ish o‘rinlari bitiruvchilarga taklif etildi. Joriy yilda universitetni 6391 nafar bitiruvchi tamomlayotganini inobatga olsak, ushbu yarmarka ularning kasbiy faoliyatini boshlashda muhim imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.