Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi


2025-yil 21-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 453-sonli qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi obyektlari, jumladan, oliy ta’lim muassasalarini 2025/2026-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari belgilangan.

Bugun, 13-sentabr kuni mazkur qaror ijrosini ta’minlash, shuningdek, universitetning kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ko‘zdan kechirish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi F.Abduraximov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet binolaridagi isitish tizimlari holati hamda kuz-qish mavsumida muassasa barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur texnik sharoitlar o‘rganib chiqildi. Mutaxassis tomonidan mavjud holat bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Tashrif doirasida shuningdek, joylardagi mas’ul mutasaddilarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Share