Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Taniqli yozuvchi Boboxon Muhammad Sharif tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda


Bugun, 16-sentabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi, tarjimon, adabiyotshunos va noshir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Boboxon Muhammad Sharif tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman hamda badiiy kecha bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov so'zga chiqib, yozuvchining nafaqat adabiyotga qo‘shgan hissasi, balki yuksak insoniy fazilatlarini ham alohida ta’kidladi. Anjumanga Filologiya va san'at fakulteti dekani, f.f.d., prof.D.G'ayipov moderatorlik qilib bormoqda.

Ushbu badiiy kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Urganch davlat universiteti rahbariyati, Filologiya va san'at fakulteti professor-o‘qituvchilari, yozuvchining zamondosh do‘stlari, yaqinlari hamda talabalar ishtirok etmoqda.

Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda professor Adhambek Alimbekov, shoir va tarjimon Tohir Qahhor hamda “Sharq yulduzi” va “Звёзда Востока” jurnallarining bosh muharriri Sirojiddin Rauf mehmon sifatida qatnashmoqda.

Taniqli yozuvchi Boboxon Muhammad Sharif tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlab o'tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar yozuvchining ijodiy va mehnat faoliyati, adabiyot sohasidagi xizmatlari hamda shaxsiy fazilatlari haqida samimiy fikrlarni bildirdi. 

Share