Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



“Ochiq eshiklar kuni” – maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv


Urganch davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov o‘z nutqi bilan ochib, universitetning yutuqlari, bugungi imkoniyatlari hamda istiqboldagi rejalar haqida to‘xtaldi. 

So‘ngra, Xorazm viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi M. Masharipova yoshlarga tahdid solayotgan turli salbiy illatlar, ularning oqibatlari va oldini olish choralari haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, UrDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti M. Sultonova yoshlar ongini turli yot g‘oyalardan himoya qilish, ularning dunyoqarashini sog‘lom va mustahkam e’tiqod asosida shakllantirish zarurligi yuzasidan so‘zga chiqdi.

Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ham so‘z yuritildi. Bu uchrashuv yoshlar uchun nafaqat bilim, balki ma’naviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladigan maktab bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

©️UrDU Matbuot xizmati

Share