Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



“Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida” mavzusidagi xalqaro konferentsiya boʼlib oʼtdi


2020 yilning 18 may kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyat boʼlimi, Urganch Davlat Universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Porto universiteti, Ispaniyaning Barselona universiteti hamkorligida “Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida” mavzusidagi xalqaro konferentsiya boʼlib oʼtdi. Konferentsiyani Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori, tarix fanlari doktori S.Davletov olib bordi. Konferentsiya ishida Urganch davlat universiteti rektori f.-m.f.d. Bahrom Аbdullaev, Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi b.f.d. I.Аbdullaev, “Jaloliddin Manguberdi” fondi rahbari B.Аbdirimovlar ochib berdilar. Konferentsiyada Ispaniyaning Barselona universiteti professori doktor Veronica Martines Ferreras, pokistonlik tadqiqotchi Dr. Wasim Sajjad, UzMU dotsenti N.Polvonov, Urganch davlat universieteti olimlari t.f.d. Oʼ.Аbdullaev, t.f.d., prof. O.Masharipov, dots. Q.Masharipov, dots. Sh.Nurullaeva, dots. M.Jumaniyazova, Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari PhD M.Аbdullaev, Sh.Ismoilov, muzeyshunos olima L.Аbdirimova oʼz maʼruzalari bilan ishtirok qilgan boʼlsa, anjumanda 100 ga yaqin tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar, mustaqil izlanuvchilar, kuzatib bordilar. Аnjuman soʼngida savol-javoblar ham qizgʼin boʼlib oʼtdi. Konferentsiya materiallari toʼplam sifatida nashr qilinishi belgilab qoʼyildi.

Share