Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



2020 yil 16 sentyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida O‘zbekistonda ilk bora qishloq xo‘jaligi sohasida tijoratlashtirishga tayyor bo‘lgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi ochildi


2020  yil 16 sentyabr kuni respublikamiz poytaxtida joylashgan Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida O‘zbekistonda ilk bora qishloq xo‘jaligi sohasida tijoratlashtirishga tayyor bo‘lgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi ochildi. Uch kun davom etadigan ko‘rgazmada yurtimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining  ilmiy va innovatsion markazlari tomonidan 200 taga yaqin qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy ishlanmalar namoyish etiladi. Ushbu ko‘rgazmada Urganch davalt universiteti "Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi" fakul’teti "Tuproqshunoslik va agronomiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va Qovunchilik bo‘limi ilmiy xodimlari ishtirok etishmoqda.

Share