Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



TURKIYADA AL-XORAZMIY HAYKALINING OChILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI


Turkiya poytaxti Anqara shahrida alloma Muhammad al-Xorazmiy sharafiga o‘rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ochilishda marosimida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ham ishtirok etdi. Mazkur yodgorlikning o‘rnatilishi “Xiva – turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” xalqaro dasturi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, haykal Anqara shahrining Kechio‘ren tumanidagi mashhur bog‘lardan biri – “Jo‘ka vodiysi” (“Ihlamur Vadisi”) hududida o‘rnatilgan. 

Yodgorlikning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng, o‘zbek milliy kiyimlari ko‘rgazmasi va “Mendirman Jaloliddin” filmining namoyishi bo‘lib o‘tgan. Muhammad Muso al-Xorazmiy algebra asoschisi. Buyuk matematikning arifmetikaga oid hind raqamlariga asoslangan risolasi hisoblashning o‘nlik tizimiga va ushbu tizimdagi amallarning xalqaro miqyosda tarqalishiga olib keldi.

Share