Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



XORAZM VILOYAT HOKIMI VA URDU REKTORI TURKIYANING ANQARA UNIVERSITETI REKTORI BILAN HAMKORLIK TO`G`RISIDA UCHRASHDI


Joriy yilning 4-mart kuni Turkiyaning Anqara shahri Kechyurin  tumani hokimi Turgut Altinok, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov, Urganch davlat universiteti  rektori Bahrom Abdullayev, Anqara  universiteti  rektori prof.Dr.Necdet Unuvar,  Xorazm viloyati hokimi o`rinbosari Shavkat To`laganov, Turkiyadagi O`zbekiston elchixonasi vakili Azizbek Z. Salahiddinovlar  ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda  o`zaro hamkorlik to`g`risida, jumladan, universitetlar o'rtasida ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasida hamkorlik qilish, qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etish, talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Share