Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universiteti hamda Smolensk davlat universiteti o`rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi


Xabaringiz bor, 2021-yilning 13-aprel kuni Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining  Smolensk  davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi.  Ushbu delegatsiya a`zolari Smolensk davlat universiteti rektori, tarix fanlari nomzodi Artemenkov Mixail Nikolayevich, Tarix va huquq fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor  Uvarov Igor Arturovich, Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kovaleva Valentina Sergeyevnalar  ishtirokida   ikki kunlik tashrif chog`ida o`zaro hamkorliklar, qo’shma ta’lim dasturlari va boshqa imkoniyatlar to`g`risida muzokaralar olib borildi.

2021-yil 14-aprel kuni ushbu ikki universitet: Smolensk  davlat universiteti hamda Urganch davlat universitetlari  rektorlari  Artemenkov Mixail Nikolayevich va Abdullayev Bahrom Ismoilovichlar tomonidan memorandum imzolanib, 2+2 va 1+3 shaklidagi qo`shma ta`lim dasturlarini joriy qilishga kelishib olindi

Ushbu kelishuv Iqtisodiyot fakultetining Moliya yo`nalishi bo`yicha bakalavriatura, Marketing mutaxassisligi bo`yicha magistratura;  Umumiy tarix yo`nalishi bo`yicha bakalavriatura; Lingvistika: rus tili va Rus adabiyoti  mutaxassisligi bo`yicha magistratura bosqichida  qabulni shakllantirishni ko`zda tutadi.   Shuningdek, ikkala universitet professor-o`qituvchilari va talabalari o`rtasida tajriba almashinuvi ham  rejalashtirildi.

Share